"Tottenxem" etakchisini saqlab oldi
Bilolbek Imomov
Futbolchi yana qancha mavsum jamoada qoladi?
32 yoshli himoyachi Ben Devis Londonning "Tottenxem" jamoasida qolishi ma’lum bo‘ldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar shartnomani kelasi yilning o‘rtalarigacha uzaytirishga kelishib olishdi. Eslatib o‘tamiz, tajribali himoyachi 2014 yildan beri poytaxt jamoasi safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda Ben "Tottenxem" uchun 28 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hech qanday golda ishtirok etmadi.
Yakunlangan yilda London jamoasi Evropa ligasida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. Biroq, Angliya Premer-ligasida "shporlar" muvaffaqiyatsizlikka uchrab, 17-o‘rinda yakunlandi.

Izohlar (0)