Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Tottenxem" jahon chempionidan ayrildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U "Barsa" nishonida turgandi

«Tottenxem» himoyachisi Pedro Porro Angliya premer-ligasining navbatdagi turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. 

Ispaniyalik futbolchi jarohati sabab o‘yinni davom ettira olmadi va maydonni birinchi bo‘limdayoq tark etdi. 

19-daqiqada London klubi bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi majburiy almashtirishga qo‘l urdi — Porro o‘rniga maydonga Archi Grey tushirildi.

So‘nggi paytlarda Porro katta e’tibor markazida edi — unga «Barselona» tomonidan qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan. O‘tgan yozda futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q