"Tottenxem" jahon chempionini sotib olmoqchi
Yaxshi tanlov
«Atletiko» klubi yarim himoyachisi Aleks Baena faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumoticha, amaldagi jahon chempioniga Londonning «Tottenxem» jamoasi jiddiy qiziqish bildirgan. Xabarga ko‘ra, «shporlar» 25 yoshli ispaniyalik futbolchini uzoq muddatga safdan chiqqan Xavi Simons o‘rniga olib kelish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. London klubi Baena uchun taxminan 80 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.
Shuningdek, Baenaga «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirgani qayd etilgan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi, to‘rtta gol urdi va bir bor hamkasbini golli pas bilan ta'minladi.

Izohlar (0)