Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Tottenxem» «PSJ» va «Inter» sobiq hujumchisini sotib olmaydi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Tottenxem» Mauro Ikardi bilan shartnoma imzolamaydi, hujumchi esa Italiyaga, ehtimol «Latsio»ga qaytishni ko‘rib chiqmoqda.

Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati yaqin vaqt ichida argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani yo‘q. Hozirda futbolchi erkin agent sifatida klubsiz qolgan.
 

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, Shimoliy London jamoasi 33 yoshli Ikardini tarkibga qo‘shib olish niyatida emas. Sababi, «shporlar» yangi hujumchini 2027 yil yanvaridan oldin rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Shu bois, klub uchun Ikardini qisqa muddatga olish mantiqsiz bo‘lib qolmoqda.
 

Manbalarga ko‘ra, Mauroning o‘zi esa Italiya chempionatiga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. OAVda tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda, unga eng jiddiy qiziqish bildirayotgan jamoalardan biri – Rimning «Latsio» klubi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi mavsumlarda Mauro Ikardi Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi sharafini himoya qilgan. Undan oldin argentinalik forvard «PSJ», Milaning «Inter» hamda «Sampdoriya» sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q