Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Tottenxem" rekord transferni e'lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Tottenxem" ilgari bu darajada katta xarajat qilmagan

Londonning "Tottenxem" klubi 21 yoshli markaziy yarim himoyachi Mateush Fernandesning "Vest Xem"dan transfer qilinganini rasmiy e’lon qildi. 

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, londonliklar yosh futbolchi uchun 85 million funt to‘lashi kutilmoqda. Bu summa klub tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etilayotgani aytilmoqda.

- Kar’yeramda navbatdagi qadamni qo‘yayotganimdan juda xursandman. "Tottenxem" – juda katta klub. Qarorimni qabul qilishda bosh murabbiyning o‘rni hal qiluvchi bo‘ldi, – deya ta’kidladi Fernandes klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda Mateush Fernandes APL doirasida 36 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 4 ta golli uzatma berdi va 7 marta sariq kartochka oldi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q