"Tottenxem" Risharlisonni sotishdan bosh tortdi

  • 18.08.2026 15:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchi Risharlisonni «Everton»ga sotishdan bosh tortdi. Bu haqida  HotspurReports nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «irislar» taklif qilgan shartlar «shporlar» rahbariyatini qoniqtirmagan. Taklifning moliyaviy jihatlari va boshqa detallari oshkor etilmagan. Shu bilan birga, Risharlisonning o‘zi «Everton»ga qaytish variantiga ijobiy qarayotgani qayd etilmoqda. Braziliyalik futbolchi ushbu klub sharafini 2018 yildan 2022 yilgacha himoya qilgan.

Risharlison 2022 yil yozida «Tottenxem» safiga qo‘shilgan. London klubi 29 yoshli hujumchi uchun 58 million yevro to‘lgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 43 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!