Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Tottenxem” yulduzlari jamoadan ketish haqida o‘ylamoqda

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

"Shporlar" o‘zining navbatdagi o‘yinini 12 aprel kuni APLning 32-tur doirasida "Sanderlend"ga qarshi o‘tkazadi

Londonning "Tottenxem" klubining bir nechta muhim futbolchisi yozgi transfer vaqtida jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqida "The Touchline" nashri ma’lum qildi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub futbolchilari jamoa Chempionshipga tushib ketish xavfi tufayli "Tottenxem"dan ketish haqida o‘ylamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Xavi Simons, Jeyms Meddison va Moxammed Kudus bu futbolchilar orasida qatoridan joy olgan. 

Ma’lumot uchun, "shporlar" o‘zining navbatdagi o‘yinini 12 aprel kuni APLning 32-tur doirasida "Sanderlend"ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q