Totti 48 yoshida «Komo»ga rad javobini berdi
Franchesko Totti 48 yoshida «Jenoa» va «Komo» takliflarini «Roma»ga qarshi o‘ynashni istamagani uchun rad etganini aytdi.
Italiyaning mashhur klubi «Roma» sobiq yarim himoyachisi Franshesko Totti professional futbolga qaytish imkonini jiddiy ko‘rib chiqqan. Bu haqida afsonaviy futbolchi o‘zining yangi «Oltre» nomli kitobi orqali ma’lum qildi.
Tottining yozishicha, u 48 yoshida «Jenoa» va «Komo» jamoalaridan tushgan takliflarni rad etgan.
«48 yoshimda menga «Jenoa» va «Komo»dan taklif tushdi. Tanam maydonga qaytishga tayyor edi. Lekin men bitta savolga javob topishim kerak edi: «Men «Roma»ga qarshi o‘ynashga tayyormanmi?» Ichimdagi javob aniq edi, shuning uchun rad etdim», — deb yozadi Totti o‘z avtobiografiyasida.
Franshesko Totti butun professional karerasini «Roma» tarkibida o‘tkazgan. U rimliklar sharafini 1993 yildan 2017 yilgacha himoya qildi. Shu davr ichida 785 ta o‘yinda maydonga tushib, 307 ta gol urdi va 205 marta golli pas berdi.
Izohlar (0)