Trafford “Siti”dan badavlat klubga oʻtadi

  • 14.06.2026 14:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tarkibini mustahkamlashga harakat qilayotgan “Nyukasl” klubi rahbariyati darvozabon masalasida “Manchester Siti” posboni Jeyms Trafford nomzodiga yana qaytdi.

NewcastleWorld nashrining ma'lumotiga ko‘ra, klub futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqqan va uni yozda transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Manba ma'lum qilishicha, “qarg‘alar” 23 yoshli darvozabonni avval ham ikki martaba sotib olishga urinigan. Har ikki holatda ham Trafford “Nyukasl” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo klublar o‘rtasida kelishuv amalga oshmay qolgan.

Angliyalik darvozabon yakunlangan mavsumda “shaharliklar”ning asosiy posboni bo‘lishi kutilgan edi, ammo Janluiji Donnarummaning PSJdan kelishi ortidan uning o‘yin vaqti keskin qisqar di.

2025/26 mavsumda Trafford barcha musobaqalarda atigi 17 ta o‘yin o‘tkazdi. Hozir Angliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchi musobaqa tugamaguncha kelajagi haqida qaror qabul qilmasligi ma'lum qilingan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!