Turkiya Superligasi. Eldor Shomurodov ramziy jamoadan o‘rin oldi!
Xabaringiz bor, Turkiya Superligasining 29-turi ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu turda Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Genchlerbirligi"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda esa hamyurtimiz Eldor Shomurodov 2 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi hamda "Sofascore" tomonidan 8.7 ballga loyiq ko‘rildi.
"Sofascore" portali tur yakunlangandan so‘ng ramziy jamoani e’lon qildi. Mazkur 11 talik tarkibdan O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori ham joy oldi.
Ramziy jamoa bilan tanishing!

Eslatib o‘tamiz, "Istanbul Boshakshehir" navbatdagi uchrashuvini 19 aprel kuni "Trabzonspor"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar