Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyni ishdan haydadi

  • 09.10.2026 21:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) Italiya mutaxassisi Vinsentso Montella bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Turkiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida o'tkazgan to'rt uchrashuvining barchasida mag'lubiyatga uchradi.

52 yoshli Vinsentso Montella 2023 yilda Turkiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning qo'l ostida jamoa 2024 yildagi Yevropa chempionatida chorak finalgacha yetib bordi, shuningdek, jamoa 2026 yildagi jahon chempionatiga yo'llanma oldi, ammo u yerda pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Montella terma jamoaga kelgunga qadar Turkiyada "Adana Demirspor", Ispaniyada "Sevilya", Italiyada esa "Fiorentina", "Milan", "Sampdoriya", "Katania" va "Roma" klublarini boshqargan.

Futbolchi sifatida Vinsentso Montella 2000/2001 yildagi mavsumda "Roma" tarkibida Italiya chempioni bo'lgan. Shuningdek, u 2000 yilda Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida kumush medalga ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!