Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Turkiyada hakamning jasadi dengizdan chiqdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U 34 yoshda edi

Turkiya futboli yana bir qayg‘uli xabar bilan larzaga keldi. Sobiq futbolchi Hakan Ergin 34 yoshida halok bo‘ldi. U Zonguldak shahri yaqinidagi dengizda cho‘kib ketgani ma’lum qilindi.

Hodisa tushlik payti, Uzunko‘m plyajida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kutilmaganda kuchaygan to‘lqinlar sababli mahalliy hokimiyat suvga tushishni taqiqlagan. Ogohlantirishlarga qaramasdan, Ergin baribir dengizga kirgan va ordan ko‘p o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani haqida turk ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Hodisa yuzasidan xabar kelishi bilan qutqaruvchilar joyga yetib borgan. Ular 34 yoshli erkakni suvdan chiqarib, sohilga olib chiqqan. Hakan Ergin “Ataturk” nomidagi shifoxonaga tez yordam mashinasida yetkazilgan, biroq shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Ma’lum qilinishicha, Hakan Ergin futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng hakam sifatida ishlab kelayotgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q