Turkiyada "Saloҳ toshi" paydo bo‘ldi
Muҳammad Saloҳ turklar qalbini zabt etib bo‘ldi
«Trabzonspor» hujumchisi Muhammad Saloҳ sayohati paytida o‘tirgan oddiy tosh Turkiyaning Trabzon shahrida yangi sayyohlik nuqtasiga aylandi. Goal nashri yozishicha, muxlislar va sayyohlar aynan shu joyga kelib, misrlik futbolchi kabi suratga tushish uchun navbatga turishmoqda.
Hammasi Salah shimoliy-sharqiy Turkiyada joylashgan Kyurdere platosidan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganidan so‘ng boshlandi. Kadrlarda futbolchi platodagi toshlardan birida o‘tirgani aks etgan. Suratlar qisqa fursat ichida tarmoqlarda keng tarqaldi va shundan keyin muxlislar hamda sayyohlar aynan o‘sha toshni izlab bu hududga oqib kela boshlandi.
Mahalliy aholi toshga «Salahtaşi» deb nom berdi, bu turk tilidan «Saloҳ toshi» deb tarjima qilinadi. Turkiyadagi internet platformalari bu joyga borish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi videolarni e’lon qila boshladi, tosh yonida esa maxsus ko‘rsatkich o‘rnatildi.
Bu holat «Trabzonspor» – «Galatasaroy» uchrashuvi (4:0) ortidan sodir bo‘ldi. Ushbu bahsda Mohamed Salah uchta gol urdi va yana bir golga hal qiluvchi pas berdi.

Izohlar (0)