Tuxel: G‘alabaga haqli edik
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel EChL 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Latsio"ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz juda yaxshi va tartibli o‘yin ko‘rsatdik. O‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik, dadilroq va samaraliroq o‘ynadik. Birinchi gol vaziyatni yaxshilagan bo‘lsa, ikkinchi gol o‘z vaqtida urildi. Bu bizga ishonch bag‘ishladi va g‘alabaga haqli edik", - dedi murabbiy.
Eslatib o‘atmiz, "Bavariya" navbatdagi uchrashuvni 9 mart kuni o‘z maydonida "Maynts"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar