Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Tuxel: «Keyn — Angliya terma jamoasining yetakchisi»

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Tomas Tuxel JCh–2026da 6 gol urgan va jamoa yetakchisi bo‘lgan Garri Keynni butun faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida deb ta’kidladi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Garri Keyn haqida fikr bildirdi.

«Har bir o‘yin oldidan Keyn haqida gapiramiz, chunki u uchrashuvlar taqdirini hal qiladi. U bizning yetakchimiz, sardorimiz. Hozir u butun faoliyatidagi eng yaxshi sport formasida. U jamoaviy o‘yinchi, biroq istalgan daqiqada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor. Bunday sardorga ega bo‘lish va bunday futbolchini mashq qildirish katta sharaf», — deya Tuxel so‘zlarini keltiradi Sky Sport muxbiri Kerri Xau.

Jahon chempionati–2026 musobaqasida Keyn Angliya terma jamoasining barcha besh uchrashuvida maydonga tushdi, olti gol urdi va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Chorak finalda inglizlar Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q