TuxelAngliyaning JChda Argentinaдан uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi

  • 16.07.2026 03:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh-2026 yarim finalida Argentinaга qarshi kechgan o‘yinda (1:2) qayd etilgan mag‘lubiyat yuzasidan fikr bildirdi.

«Albatta, juda ranjimiz. G‘alabaga juda yaqin keldik, ammo gol urganimizdan so‘ng orqaga chekinib, juda passiv o‘ynay boshladik va darvozamiz oldida raqibga juda ko‘p imkoniyat berib qo‘ydik.

Biz g‘alabaga yaqin edik, lekin hisobda oldinga chiqqach, ustunlikni saqlab qololmadik.

Argentina futbolchilari deyarli har bir yuqori uzatmada bizdan oldin to‘pga yetib borishdi, qanotdan uzatmalarni ko‘paytirishdi. Shuning uchun himoyadagi bo‘shliqlarni yopish va havodagi kurashda mustahkamroq bo‘lish uchun besh nafar himoyachi bilan o‘ynash tizimiga otdik.

Albatta, javobgarlik murabbiy zimmasida. Nimadir ish bermagan bo‘lsa, «murabbiy xatoga yo‘l qo‘ydi» deyish oson. Biz ikkinchi golni urishni xohlaganmiz, lekin hujum chizig‘idagi almashinuvlar bizga foyda beradi, degan hissiyot menda yo‘q edi. Shu bois 4-4-2 sxemasida qoldik, ammo o‘yin borgan sari yanada passiv bo‘lib bordik», — deya Tuxel so‘zlarini VVS keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yildgi jahon chempionati finalida Argentina Fransiyaga qarshi maydonga tushgan edi. Bellashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa argentinaliklar 4:2 hisobida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!