U “Siti”dan ketadi
Angliya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, “Fulxem” yanvar oyida Oskar Bobbni sotib olish uchun “Manchester Siti” bilan 27 million funt sterlingga baholangan kelishuvga erishgan.
Bosh murabbiy Marko Silva “Manchester Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisini o‘z jamoasiga qabul qilishga tayyor, chunki Bobb o‘z faoliyatidagi yangi sahifani “Etihad” arenadan tashqarishda boshlashni maqsad qilgan.
Oskar Bobb 2026 yilning yozida AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan o‘z karerasini qayta jonlantirish va Norvegiya terma jamoasi safidan o‘rin olishga umid qilmoqda.
Norvegiyalik yosh futbolchi uchun so‘nggi bir yarim yil juda og‘ir kechdi, chunki takrorlanuvchi jarohatlar uni Xosep Gvardiola qo‘l ostida asosiy tarkibdan joy olishiga to‘sqinlik qildi.
Yanvar oyida manchesterliklar hujum chizig‘ini mustahkamlab, ajoyib transferga qo‘l urdi va Antuan Semenyoni tarkibga qo‘shdi. Bu esa, nafaqat asosiy tarkibga kira olmayotgan Oskar Bobb, balki Savio va Umar Marmushning “Siti”dagi o‘yin vaqtiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Sky Sports News jurnalistlari Edrian Kajumba va Layall Tomas birinchi bo‘lib xabar berganidek, “Manchester Siti” va “Fulxem” Oskar Bobbning bu oyda “Kreyven Kottej”ga 27 million funt sterling evaziga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
MailSport nashri jurnalisti Jek Gogan bergan qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” futbolchining keyingi sotuvidan 20 foiz ulushni, shuningdek, kelajakdagi ehtimoliy transferdan ham shunga o‘xshash to‘lov olish huquqini saqlab qolgan. Biroq shartnomada o‘yinchini qayta sotib olish bandi mavjud emas.
Fikrlar