Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Uch grand bir yulduzni talashyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zo'r o'yinchi e'tiborsiz qolmaydi

Angliya Premier-ligasining uch badavlat klubi – “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” joriy mavsumda “Aston Villa” safida porlayotgan qanot hujumchisi Morgan Rojersga qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan mavsumdan beri Rodjers 24 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma amalga oshirdi, shuningdek, u Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel tomonidan Xarri Keyn ortidagi “10-raqam” pozitsiyasi uchun ustuvor variant sifatida qaralmoqda.

O‘tgan yozda ham “Arsenal” va “Chelsi” Rojersga qiziqish bildirgan, ammo u “Villa Park”da qolib, klub bilan 2031 yilgacha yangi shartnoma imzolagan edi.

The Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, yozgi transfer oynasi yaqinlashar ekan, “kanonirlar” va “aristokratlar” o‘z qiziqishini yanada faollashtirgan, futbolchiga  “Manchester Yunayted” va “Pari Sen-Jermen” ham jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Daily Mirror nashri xabar berishicha, Rojersga da’vogarlar qatoridan “Bavariya” ham o‘rin olgan va Bundesliga klubi bu transfer uchun mablag‘ ayamoqchi emas.

Ta’kidlash joizki, agar “Aston Villa” kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, klub Rojers bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.

Hozirda futbolchining qiymati 80 million funtdan yuqori baholanmoqda va bonuslar bilan birga transfer summasi 100 million funtgacha yetishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q