Uch ispan go‘zali finalda bellashdi
Zohir2018
"Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem" dastlabki g‘oliblar ma’lum
Ispaniyalik tennischilar Mariya-Xose Martines-Sanches va Sara Sorribes-Tormo Marokashning Rabat shahrida o‘tayotgan musobaqaning juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Mariya va Sara tendemi final uchrashuvida yana bir ispaniyalik Georgina Garsiya-Peres va gruziyalik Oksana Kalashnikovani 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub qildi.
Shu tariqa "Grand Prix De SAR La Princesse Lalla Meryem" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Martines-Sanches va Sorribes-Tormo 12,300 AQSh dollari pul mukofoti va 280 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.


Izohlar (0)