Uch nomzod: "Real" yangi himoyachi tanlayapti
Madridda o‘ynaydigani bormi?
«Real» Madrid markaziy himoyachi Raul Asensio uzoq muddatga safdan chiqqanidan so‘ng, yangi markaziy himoyachi izlashga kirishdi. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, madriddliklar ro‘yxatida uch nomzod bor: «Komo» klubi a’zosi Xakobo Ramon, «Borussiya» Dortmund himoyachisi Niko Shlotterbek va «Inter» safida to‘p surayotgan Alessandro Bastoni. Ayni paytda eng ustuvor variant sifatida aynan Ramon ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yozida «Real» Ramonni 2,5 million yevro evaziga «Komo»ga sotgan, biroq futbolchi huquqlarining 50 foizini o‘zida saqlab qolgan va uni qaytarib olish bo‘yicha bir nechta mexanizmlarni kelishib olgan. Jumladan, kelasi yozda madriddliklar 9 million yevro evaziga qayta sotib olish bandini ishga tushirish imkoniyatiga ega.
Shu bilan birga, asosiy to‘siq sifatida futbolchining o‘ziga bog‘liq omil ko‘rsatilmoqda. Ramon Italiyada doimiy o‘yin amaliyotiga ega va shu sabab «Real»ga qaytish istagi unchalik katta emasligi ta’kidlanmoqda.
Eslatish joiz, yetti turdan so‘ng «Real» Ispaniya La Ligasida 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)