Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Uchta klub Risharlisonni olmoqchi bo‘ldi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Transferlar nega oʻxshamadi?

«Tottenxem» hujumchisi Risharlison yozgi transfer oynasidan foydalanib, karerasini davom ettirish uchun bir necha variantni ko‘rib chiqqan.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchiga «Everton», «Trabzonspor» va «Vasko da Gama» klublari qiziqish bildirgan.

Shu bilan birga, Braziliya klubi bilan olib borilgan muzokaralar transfer bilan yakunlanmadi. 

Ta’kidlanishicha, kelishuv «Tottenxem» tomonidan joriy etilgan ijara bitimlari bo‘yicha cheklovlar sabab amalga oshmay qolgan.

Risharlisonning London klubi bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Manbalarga ko‘ra, hujumchining transfer qiymati taxminan 25 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q