Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

UEFA Grinvudga nisbatan tekshiruv boshladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

UEFA «Fenerbaxche» futbolchisi Meyson Grinvud, yarim himoyachi Matteo Genduzi va klubning o‘ziga nisbatan intizomiy ish ochdi.

«Fenerbaxche» hujumchisi Meyson Grinvodga nisbatan UEFA tomonidan intizomiy ish ochildi. Bu qaror Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida «Lyon»ga qarshi o‘yindan so‘ng sodir bo‘lgan voqealar ortidan qabul qilingani haqida Daily Star xabar berdi.

Intizomiy tekshiruv faqat Grinvod bilan cheklanmaydi. UEFA yarim himoyachi Matteo Genduzi va «Fenerbaxche» klubining o‘ziga nisbatan ham ish qo‘zg‘atgan. Fransiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda turk jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, shuning ortidan stadionda ommaviy to‘qnashuvlar yuzaga keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yakuniy hushtakidan so‘ng Grinvod mojaro markazida qolgan. Shu paytda «Lyon»ning bir necha muxlisi «Fenerbaxche» futbolchilari g‘alabani nishonlayotgani chog‘ida maydonga tushishga urinib, vaziyat yanada keskinlashgan. Genduzi esa fransuz klubi ishqibozlarini qo‘zg‘atgan, ularni provokatsiya qilgan, degan ayblovlar bilan yuzma-yuz turibdi. Janjal faqat maydondagina emas, balki stadionning ichki yo‘laklarida ham davom etgan va bu yerda har ikki jamoa vakillari ishtirok etgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Grinvod iyul oyida «Marsel»dan «Fenerbaxche»ga o‘tgan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q