UEFA Infantinonning mahbubasiga pul to‘laganini tasdiqladi
UEFA Janni Infantino bilan bog‘langan xodimaga ishdan bo‘shatilganda kompensatsiya to‘langani va MBA o‘qishi moliyalashtirilganini tasdiqladi.
UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinonning ehtimoliy mahbubasi sifatida tilga olingan xodimga kompensatsiya to‘langanini va o‘qishi moliyalashtirilganini tasdiqladi. Bu haqida avvalroq The Telegraph nashri xabar bergan edi.
«Biz ushbu shaxs ishdan bo‘shatilgan paytda unga tegishli tartibda kompensatsiya to‘langanini tasdiqlaymiz. Shuningdek, u biznes-maktabdagi MBA dasturida o‘qishi uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash olgan», – deyiladi UEFA bayonotida.
Tashkilot vakiliga ko‘ra, ushbu to‘lovlar o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan ichki qoidalarga to‘liq mos bo‘lgan. «Bu qoidalar 2016 yilda qat’iylashtirilgan», – deya qo‘shimcha qilgan UEFA vakili.
Izohlar (0)