UFC bonuslari oshirildi!

  • 24.01.2026 23:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, avval UFC yorqin jang o‘tkazgan ishtirokchilarga – "Fight of Night" va "Performance of Night" bonuslari sifatida 50 ming dollar pul mukofotini berar edi.

Ba'zi xorij manbalarining xabar berishicha, endi bu summa ikki barobarga o‘sgan. Ya'ni bonuslar 100 ming dollar etib belgilandi. 

Shuningdek, UFC muddatdan oldin g‘alaba qozongan jangchilarga (agar ular "Fight of Night" va "Performance of Night" bonuslarini olmagan bo‘lsa) 25 ming dollar mukofot pulini va'da qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston vaqti bilan 25 yanvar kuni, tongga yaqin soat 03:00 da "UFC 324" turniri start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!