UFC da yangi chempion aniqlandi!
Hozirgina Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilgan "UFC 332" turniri yakunlandi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida braziliyalik Natalia Silva va xitoylik Vang Kong ayollar super engil vaznidagı chempionlik kamari uchun kurash olib bordi. 5 raund davom etgan bahsda Natalia hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, chempionga aylandi.
Turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.
Natalia Silva hakamlarning yakdil qarori bilan Vang Kongni (48-47, 48-47, 49-46) yengdi;
Peyton Tellbot 1-raundda Deyveson Figeyreduni texnik nokautga uchratdi;
Esteban Ribovich 1-raundda King Grinni texnik nokaut qilib, g‘alaba qozondi;
Roberto Soldich hakamlarning yakdil qarori bilan Xaos Uilyams ustidan g‘olib bo‘ldi (29-28, 29-27, 29-27);
Roman Kopilov 1-raundda Ateb Gotyeni texnik nokaut bilan taslim etdi;
Imanol Rodriges 1-raundda Olden Koriyani texnik nokautga uchratdi.;
Demian Pinas 1-raundda Andrey Pulyaevni nokaut qildi;
Markus Makgi 1-raundda Entoni Romeroni texnik nokaut qilib, zafar quchdi;
Entoni Uint 1-raundda Lukas Armandani texnik nokaut bilan yengdi;
Jonni Uoker 1-raundda Mik Parkinni nokaut qilib, g‘alaba qozondi;
Jeykob Smit 1-raundda Bryus Uaytxedni texnik nokautga uchratdi;
Aleksandr Ernandes 2-raundda Rafael dos Anyosni texnik nokaut qilib, g‘olib bo‘ldi;
Ismoil Naurdiev hakamlarning yakdil qarori bilan Marvin Vettorini yengdi (29-28, 29-28, 29-28);
Erik Nolan 3-raundda Kurt Makgini texnik nokaut bilan taslim etdi.

Fikrlar