UFC ning kelajakdagi yulduzi kim?
Mashhur podkaster va UFC sharhlovchisi Jo Rogan kamerunlik 23 yoshli jangchi haqida iliq fikr bildirdi.
"Ateba Gotye – qo‘rqinchli yigit. Uning og‘irligi 84 kg, bo‘yi 193 sm. Kamerunlik duch kelgan odamni yanchib tashlaydi. Unda katta kuch, super tezlik va ajoyib texnika bor. Shuningdek, o‘z vazniga nisbatan juda yirik va zarbdor jangchi. Aynan Ateba UFC ning kelajakdagi yulduzi", - dedi Rogan o‘zining You Tube kanalida.

Ma’lumot uchun, Gotye UFC da 3 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida 1-raunddayoq g‘alaba qozondi.
Fikrlar