UFC ning narxi qancha?

  • 06.10.2026 11:35
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC prezidenti Dana Uayt Shimoliy Amerika ligasining qiymati taxminan 50 milliard dollarga teng ekaniga ishonch bildirdi.

"Men bu biznesni boshlaganimda, ko‘p odamlar ishonishmagan edi. Shuning uchun biz UFC ni 2 million dollarga sotib oldik. Agar "Leykers" 12,5 milliard dollarga sotilgan bo‘lsa, unda UFC 50 milliard dollarga baholanadi", – dedi Uayt YouTube dagi "The Diary Of А CEO" kanaliga bergan intervyusida .

Ma’lumot uchun, Dana Uayt 2001 yil yanvar oyida UFC prezidenti bo‘ldi, o‘shanda u aka-uka Frank va Lorenzo Fertittalar bilan UFC aksiyasini sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!