UFC oʻz mavqeini yoʻqotdi

  • 15.04.2026 22:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq jangchisi Darren Till promoushenni tanqid qildi.

"Men Danani juda hurmat qilaman va uning ushbu sport rivoji uchun qilgan ishlarini qadrlayman. Tan olish kerak, Uayt tanqidni yoqtirmaydi. Biroq fikrimcha, u boshqa narsalarga e'tibor qaratgani bois UFC mavqeini yo'qotdi. Janglarga kelsak... Hozirgi to'qnashuvlar qiziqarli emas. Shuningdek, ligada superyulduzlar ham juda kam", – dedi ingliz "The Independent" nashriga bergan intervyusida. 

Eslatib o'tamiz, UFC ning keyingi turniri O'zbekiston vaqti bilan 18 apreldan 19 aprelga o'tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!