UFC reytingi o‘zgarib ketdi

  • 11.02.2025 12:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 312" turniridan so‘ng promoushen reytingi yangilandi.

Unga ko‘ra, yaqindagina Israel Adesanyani mag‘lub etgan Nassuriddin Imamov o‘rta vazn toifasi reytingida Shon Striklendni ortda qoldirib, 1-o‘ringa ko‘tarildi.

"UFC 312" musobaqasida chempionlik kamarini himoya qilgan Drikus Dyu Plessi P4P reytingida Belal Muhammadni bir pog‘ona pastga tushirib, 6-o‘rinni egalladi. UFC ning yana bir yulduzlaridan biri Charlz Oliveyra esa mazkur reytingda 14-o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 251" turniri 15 fevral kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!