UFC da yangi chempion paydo bo‘ldi!
Hozirgina AQShning Mayami shahrida o‘tkazilgan "UFC 327" turniri yakunlandi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida chexiyalik Irji Prohazka va Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulberg yarim og‘ir vazndagi chempionlik kamari uchun bahs olib bordi.
Quyida ushbu oqshomda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Prelim:
Charlz Radtke yaqqol ustunlik bilan Fransisko Pradoni taslim etdi (30-27 x 3);
Visente Lyuke 1-raunddayoq Kelvin Gastelum ustidan sabmishn orqali g‘alaba qozondi;
Kris Padilya ochkolar evaziga Markel Mederosni yengdi;
Tatyana Suares 2-raundda Lupi Godinesni bo‘gib qo‘ydi;
Mateush Gamrot ham 2-raundda Esteban Ribovichni sabmishn orqali taslim etdi;
Kevin Xolland hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Rendi Braun ustidan g‘alaba qozondi;
Aaron Piko ochkolar bo‘yicha Patrisio Pitbulni mag‘lubiyatga uchratdi;
Asosiy kard:
Kab Suonson 1-raunddayoq Neyt Landverni nokaut qildi;
Dominik Reyes hakamlar qaroriga ko‘ra Jonni Uokerni taslim etdi;
Josh Xokit hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Körtis Bleyddan ustun keldi;
Paulo Kosta 3-raundda Azamat Murzakanovni nokautga uchratdi;
Karlos Ulberg birinchi raunddayoq Irji Prohazkani nokautga uchratib, yarim og‘ir vazn toifasida yangi chempion bo‘ldi.
Fikrlar