UFCda rekord o‘rnatldi
Toshkent vaqti bilan bugun tongda, yarim engil vazn toifasi chempionligi uchun Edmontonda UFC 240 kechasi bo‘lib o‘tdi.
Chempionlik kamarini ximoya qilgan Maks Xollouey jangda g‘olib chiqdi. Maksga qarshi oktagonga ko‘tarilgan Frenki Edgar UFCda rekord o‘rnatdi.
Frenki chempion bilan bo‘lgan jangidan so‘ng, umumiy oktagondagi vaqti 7 soat bo‘ldi. UFC tarixida xech kim 7 soat oktagonda bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Edgar UFC sobiq chempioni sanaladi. U bir necha bor kamarni ximoya qila olgan.
Umumiy ko‘rinishda, 25 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba qozongan va 7 marotaba mag‘lub bo‘lgan. Uning hisobida bitta durang ham bor.
Fikrlar