
Ulug‘bek Baqoev: "Penalti yo‘q edi"
“Buxoro” – “Paxtakor” (0:1) uchrashuvilan keyin mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Qiziqarli uchrashuv bo‘ldi, g‘alaba uchun kurashdik. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Gol urishga intildik, ammo vaziyatlardan foydalanishda mahorat etishmadi. O‘yin oxiridagi epizodga kelsak, darvozamizga penalti belgilandi. Nima uchun penalti belgilashdi? O‘sha erda penalti yo‘q edi. Ko‘plab ishqibozlar kelishdi, maydonda hamma ter to‘kdi. Barchasini o‘sha 11 metrli jarima zarbasi hal qildi. Lekin penalti yo‘q edi. Futbolchilarga va bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman.
Yana qaytaraman: penalti yo‘q edi. Birinchidan, o‘sha vaziyatda o‘yinchi boshqa o‘yinchi bilan juda yaqin holatda edi. To‘p qaerga tekkani esa hatto ko‘rinmagan. Kameralarda ham bu holat aks etmagan. Ammo hakam 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi. Hayronman, nima uchun bunday qildi? Axir o‘sha vaziyatda to‘p qo‘lga tekkani umuman ko‘rinmagandi.
Albatta, imkoniyatimiz hali bor. Ammo futbolchilarimiz bu o‘yinda rosa mehnat qilishgandi. Bir hafta mobaynida ushbu uchrashuvga tayyorlanishgandi. Biroq oxirida hakam bir epizod orqali hammasini buzdi", - dedi Baqoev.
Fikrlar
Бу мавсум эса Бухоро Х Фузайловга нисбатан шу ишни килиб Суперлигадан Про Лига га дадил кадамлар билан йул олмокда.