Umar Eshmurodov faoliyatini Malayziyada davom ettiradi
Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqinda “Nasaf”ning uzoq yillik sardori va etakchisi Umar Eshmurodov shartnomasi tugagani bois klub bilan xayrlashgandi.
Futbolchi keyingi mavsumni Malayziya chempionatida davom ettiradi. Chunki Umarning “Selangor” klubi bilan kelishuvga erishilganligi ayon bo‘ldi.
Eshmurodovni ushbu jamoa bilan ikki yillik shartnoma tuzilgani haqida aytilmoqda. Ammo Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, Eshmurodov “Selangor” bilan uch yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Ta’kidlash joizki, ushbu klub kelasi yili Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Fikrlar