Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Umar Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Bu Dvalishvili emas.

O‘ta engil vazn toifasida UFC jangchisi Umar Nurmagomedov (18-0) Bellator bo‘yicha sobiq chempion braziliyalik Eduardo Dantas (23-8) bilan greppling jangini o‘tkazadi.

 Uchrashuv 25 oktabr kuni Abu-Dabi shahrida "ADXC 6" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Abu-Dabidagi "UFC on ABC 7" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Nurmagomedov  amerikalik Kori Sendhagenni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q