Umarali Rahmonalievning transfer narxi oshdi

  • 24.12.2025 14:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Ozarbayjonning "Sabah" klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Umarali Rahmonalievning transfer bahosi yangilandi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining narxi 150 ming evroga oshirildi va hozirda 800 ming evroni tashkil etmoqda. Shuningdek, u jamoaning etakchi futbolchilari qatoridan joy oldi va ketma-ket uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Ma’lumot uchun, Rahmonaliev joriy mavsumda chempionat doirasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning "Sabah" klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!