Uni Gvardiola kashf etgan: "Barsa" manchesterliklar yulduzini nishonga oldi
Kataloniyaliklar kimni olmoqchi?
Ispaniyaning mashhur El Nacional nashri «Barselona» skautlari diqqat markaziga tushgan «Manchester Siti» futbolchisi haqida maqola e’lon qildi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘z bir vaqtning o‘zida bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladigan Niko O’Rayli haqida bormoqda. U chap qanot himoyachisi, markaziy yarim himoyachi va hujumkor futbolchi sifatida maydonga tushishi mumkin.
Materialda ta’kidlanishicha, Niko O’Raylining salohiyatini «Manchester Siti»da aynan Xosep Gvardiola ochib bergan. Murabbiy uni chap himoyachi sifatida sinab ko‘rgan va shu orqali uning imkoniyatlarini to‘liqroq namoyon etishga yordam bergan.
«Agar Deku yosh va ko‘p vazifani bajara oladigan futbolchiga jiddiy mablag‘ sarflashga qaror qilsa, O’Rayli deyarli barcha talablarga javob beradi. U chap qanot himoyasida o‘ynay oladi, markazda harakat qiladi va jismonan baquvvat, yuqori pressingni ushlab tura oladigan futbolchilarga ehtiyoj sezyotgan jamoa tarkibida rivojlanishi mumkin», — deya yozadi nashr.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli Niko O’Raylining ehtimoliy transferi taxminan 70 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)