Urugvay murabbiyi O‘zbekistonni maqtab o‘tdi

  • 14.10.2025 12:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Malayziya davlatida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvay O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng janubiy amerikaliklar bosh murabbiyi Marselo Belsa O‘zbekiston ularga juda yaxshi qarshilik ko‘rsatganligini ta’kidlab o‘tdi.

"O‘zbekistonni juda intizomli, mehnatkash va tartibli jamoa sifatida ko‘rdik. Birinchi taymda ular bizga bosim o‘tkazishdi. Natijada, to‘p bizda bo‘lishga qaramay, o‘yinimizni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmadik. Faqat ikkinchi taymga kelib bosim biraz pasaydi va biz hujumlar orqali ikkita gol ura oldik", — dedi argentinalik mutaxassis.

Terma jamoamiz noyabr oyida Dubayda bo‘lib o‘tadigan kichik turnirda ishtirok etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!