Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

“US Open - 2020”: Baxtsizlikning cheki bormi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mag‘lubiyatlar qachondir tugaydi

AQSh ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi finalida avstriyalik Dominik Tim germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.

Yarim final bosqichida Tim rossiyalik Daniil Medvedevni 6:2, 7:6, 7:6, Zverev esa ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani 3:6, 2:6, 6:3, 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bo‘lajak uchrashuv Dominik Tim uchun “Katta dubulg‘a”dagi to‘rtinchi final bo‘ladi. Hal qiluvchi bellashuv oldidan avstriyalik tennischi o‘z fikrini bildirdi.

- Biz Sasha bilan hayotda do‘st, kortda raqibmiz. Agar g‘olib chiqsam, bu men uchun birinchi “Katta dubulg‘a” sovrini bo‘ladi. Yutqazsam, darrov mashhur tennischi Endi Marreyga qo‘ng‘iroq qilaman, - dedi Dominik Tim.

Gap shundaki, “Katta dubulg‘a” turnirlarining uch karra g‘olibi Endi Marrey ham bu musobaqalarda ketma-ket to‘rtta finalni boy bergan. Dominik Tim hozirgacha “Rolan Garros” superturnirida ikki marta Rafael Nadalga, Avstraliya ochiq chempionatida bir marta Novak Jokovichga yutqazib qo‘ygan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q