
"US Open": Mariya Sharapova chorak finalda
Rossiyalik sobiq tennischi Mariya Sharapova AQSh ochiq chempionatning virtual tarzda o‘tkazilayotgan turnirida 1/8 final bosqichidan o‘tib oldi.
"US Open"ning ikkinchi davrasida Mariya belgiyalik Jyustin Enenni mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalda amerikalik Martina Navratilova bilan "kuch sinashadi"gan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada turli yillarda Amerika ochiq chempionatining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan tennischilar ishtirok etmoqda.
Fikrlar