Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Usik: "Bivol uni mag‘lub eta oladi"

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Usik Bivolni favorit deb atadi.

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasi mutlaq chempioni Oleksandr Usik Dmitriy Bivolni Artur Buturbiev bilan jangda favorit deb biladi.

"O‘ylaymanki, Bivol g‘alaba qozonadi. U ajoyib oyoq harakatlariga ega va ancha tezkor. Shaxsan men uning Saul Alvares bilan jangini ko‘rdim va shuni bildimki, Bivol o‘zini ancha ko‘rsata oladi. Hujumga o‘tishda ham, himoflanishda ham unga etadigani yo‘q.

Shuningdek, u qarshi zarbalar va kombinatsiyalarni anchagina ishonchli amalga oshiradi", - dedi Usik.

Eslatib o‘tamiz, yarim og‘ir vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun Bivol va Beterbiev 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida ringga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q