Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Usmon Dembele! "Real"dan kutilmagan transfer

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Peres saylovdagi g‘alabasini yorqin transfer bilan nishonlamoqchi

Madridning "Real" jamoasi UEFA Chempionlar ligasi g'olibi PSJ hujumchisi Usmon Dembeleni tarkibga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda TRT Spor nashri.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres prezidentlik saylovidagi g'alabasini shu yozgi transfer oynasi davrida yorqin xarid bilan belgilab qo'yishni istamoqda. "Real" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir qator nomzodlarni o'rganib chiqqan va ular orasida Dembele asosiy variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda. 

Fransiyalik futbolchini olish uchun ehtimoliy manbalardan biri sifatida Braim Diazning sotilishi ham tilga olinmoqda. Shu yo'l bilan madridliklar yozda transfer uchun qo'shimcha mablag' va legionerlar uchun kvota ochishni rejalashtirmoqda.

Usmon Dembelening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida "Real" hujum chizig'iga "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni olish bo'yicha urinishlarini yakunlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'tgan mavsumda Dembele PSJ tarkibida barcha musobaqalar doirasida 37 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hujumchi hozirda "Oltin to'p" sovrining amaldagi sohibidir.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q