"Сити" va "Liverpul"ga Reşfordning yo‘li to‘silgan!
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reşford uchun belgilangan 40 million funtlik to'lov miqdori "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari uchun amal qilmaydi. Bu haqida insayder jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Reşford o'z kelgusi faoliyati bo'yicha barcha ehtimoliy variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Mançesterliklar esa futbolchi bilan hamkorlik samaradorligini tahlil qilib, uning jamoadagi kelajagi bo'yicha qaror qabul qiladi.
O'tgan mavsumda Reşford "Barselona" tarkibida ijara asosida o'ynadi. U barcha musobaqalar doirasida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli pas berdi.
Hozirgi shartnomasiga ko'ra, futbolchi "Manchester Yunayted" bilan 2028 yilning yozigacha bog'langan.

Fikrlar