
Va nihoyat Denis Istomin kortga chiqadi
Avval xabar berganimizdek Germaniyaning Xeylbronn shahrida erkaklar o‘rtasida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Heilbronner Neckarcup" turnirida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ishtirok etmoqda.
Bugun sovrin jamg‘armasi 92,040 evroni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida Denis o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Unda tennischimiz germaniyalik Oskar Ottega qarshi kortga tushadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:50 dan so‘ng boshlanadi.
Fikrlar