Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Valentin Moldavskiy jangi bekor bo‘ldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Rossiyalik MMA vakili o‘rnini Azunna Anuanvu egallaydi.

24 avgust kuni Bridjporte shahrida tashkil etiladigan Bellator 225 turnirida rossiyalik og‘ir vazn toifasidagi aralash jang ustasi Valentin Moldavskiy amerikalik Timoti Jonsonga qarshi jang qilish kerak edi. Lekin rossiyalik sportchi bu jangda ishtirok eta olmasligini bildirdi.

Tashkilotchilar rossiyalikning o‘rnini promoushen debyutanti Azunna Anuanvu bilan to‘ldirdi. Endi, Timoti Djonson debyutant bilan jang o‘tkazadi. Moldavskiy nega oktagonga chiqmasligi borasida xech qanday ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz: Ushbu turnirning markaziy jangida yana bir rossiyalik Sergey Xaritonov hamda AQSh vakili Mett Mitrion to‘qnash keladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q