Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Van Deyk "Liverpul"dan ketishiga ishora qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchi bilan tuzilgan shartnoma mavsum oxirida yakunlanadi

«Liverpul» jamoasi sardori Virjil van Deyk o‘zining ingliz klubidagi faoliyati yakunlanishi mumkinligini inkor etmadi. 

Niderlandiya terma jamoasining 35 yoshli  himoyachisi «Enfild»dagi kelajagi haqida juda hissiy tarzda fikr bildirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.

«Hammasini vaqt o‘tishi bilan o‘zingiz ko‘rasiz. G‘oyoki hammasi endigina boshlangandek, ammo ko‘z ochib yumguncha bu hikoya ham yakun topadi. Klubdan ketadigan kunim kelganda, his-tuyg‘ularimni ifodalash juda qiyin bo‘ladi. Bu haqiqatan ham ajoyib sayohat bo‘ldi», — dedi Virjil van Deyk.

«Liverpul» yaqinlashib kelayotgan Angliya premyer-ligasidagi muhim uchrashuvga — «Manchester Siti»ga qarshi bellashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu o‘yin 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q