
Van Deyk: "Sen mangu chempionsan!"
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk jamoadoshi Diogu Jotaning vafot etganiga munosabat bildirdi.
"Bunga ishonishni istamayman, haligacha ishongim kelmayabdi. Men butunlay ezildim va to‘la hayratdaman. Qanday inson eding, qanday futbotlchi eding, eng muhimi qanday ajoyib oila boshlig‘i eding. Sen hammamiz uchun juda ko‘p narsa anglatarding va doimo shunday bo‘lib qolasan. Oilang uchun ikki o‘g‘il, er va otani yo‘qotish tasavvurga sig‘maydigan holat. Ajoyib oilang uchun turmish o‘rtog‘ing va farzandlaring uchun yuragim o‘rtanmoqda.
Senga va’da beraman: Bu og‘ir kunlarda va undan keyin ham – biz doimo oilangni yonida bo‘lamiz. Sen mangu chempionsan, mangu 20-raqamsan. Maydonda sening yoningda bo‘lish va maydondan tashqarida do‘sting bo‘lish men uchun sharaf edi.
Biz seni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan darajada sog‘inamiz va hech qachon unutmaymiz. Sening merosing yashaydi biz bunga kafolat beramiz. Orom olinglar, Diogu va Andre”,- deya o‘z ijtimoiy tarmog‘ida yozdi mersasaydliklar sardori.
Fikrlar