Venger: "Barsa "tishsiz bo‘ri"ga aylanib qoldi"
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Real" nima sababdan "Barselona"ni mag‘lub etgani haqida gapirdi.
"Aytishim mumkinki, Xabi Alonso bugungi kunda jamoasini anchagina muvozanatga keltirdi va umuman olganda ba’zi jihatlarda raqibdan ancha tartibli o‘ynadi.
Masalan, "qaymoqranglilar"ning himoyadagi o‘yini "Barselona"nikidan ancha kuchli edi. Hujumda madridliklar har bir vaziyatidan gol uradigandek ko‘rinardi. Kataloniyaliklar esa Levandovski va Rafinyasiz tishsiz bo‘riga aylanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda Mbappe penaltidan foydalana olmaganidan keyin "Barsa" to‘pni ko‘proq nazorat qildi, ammo gol uradigandek ko‘rinmadi.
Alonso "Real"ning himoya chizig‘ini juda yaxshi muvozanatga keltirdi. Buning uchun uni olqishlagan bo‘lardim. Hamma o‘zining jamoasini tartibga keltirishga va ruhlantirishga harakat qilyapti. Bu ikki klub ham oldiga katta maqsadlar qo‘ygan va bu uchrashuv ular uchun sinovning boshlanishi bo‘lishi mumkin", - dedi Venger.
Ma’lumot uchun, La liganing 10- turidan so‘ng madridliklar 27 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, "Barselona" 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar