Venger: "Kerrik jamoada nimadir yarata oldi"
Sobiq murabbiy mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytdi
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"ning "Emireyts"dagi g‘alabasidan so‘ng Maykl Kerrikning ishini yuqori baholadi.
Angliya Premyer ligasining 23-turida MYu "Arsenal"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
"Arsenal"ga sabr-toqat va texnik uyg‘unlik yetishmadi, bu jihatlar "Manchester Yunayted"da bor edi. Ular ishonchli o‘ynamoqda. Odatda 2:2 hisobidan keyin maydon egalari g‘alaba qozonadi. Men Kerrikni tabriklamasdan ilojim yo‘q — u jamoada nimadir yaratdi", — deya ta’rif berib o‘tdi londonliklarning sobiq bosh murabbiyi.
Ma’lumot o‘rnida, onlayn turnir jadvalida "Arsenal" 50 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 2 va 3-o‘rindagi "Manchester Siti" hamda "Aston Villa"da 46 ochkodan mavjud. "Manchester Yunayted" esa 38 ochko bilan 4-o‘rinda kelmoqda.

Izohlar (0)