Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vidal Ronalduni qo‘llab-quvvatladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Arturo Vidal mojarodan so‘ng Portugaliya terma jamoasini tark etgan Krishtianu Ronalduni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

«Barselona» va «Yuventus»ning sobiq yarim himoyachisi Arturo Vidal Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu va bosh murabbiy Jorje Jezush o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Vidalning ta’kidlashicha, Ronaldu Portugaliya terma jamoasini dunyodagi eng kuchli jamoalar qatoriga olib chiqqan futbolchi hisoblanadi. Chililik futbolchi  bergan intervyusida Krishtianu mamlakat futboli saviyasini mutlaqo yangi bosqichga ko‘targanini qayd etdi.

«Men uni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. U bilan sodir bo‘lgan vaziyat – bu uni mutlaqo hurmat qilmaslikdir», – deya qo‘shimcha qildi Vidal.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Jorje Jezush bilan mojarodan so‘ng Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. Ommaviy axborot vositalarida Ronaldu milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q