
Viktor Kumikov "Qaysar"dan ketyaptimi?
O‘tgan yildan buyon Qozog‘istonning "Qaysar" klubiga bosh murabbiylik qilib kelayotgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumikov o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish. Chunki u Superligamizda qator jamoalarni boshqargan va oxirgi klub “Andijon” hisoblanadi. Kuni kecha Qozog‘istonda Kumikovning jamoadan ketishi mumkinligi borasida gap-so‘zlar tarqaldi.
“Qaysar” rahbariyati esa bu xususda bayonot berdi. Jamoa direktori Sodiq Mustafo Sports.kz ga shu xususida telefon orqali suhbatda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Kumikovning "Qaysar"dan ketishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bilmadim, bunday gap-so‘zlar qaerdan paydo bo‘lar ekan?.. Viktor Balyutovich bizda ishlayapti va bundan keyin ham ishlayveradi. Mana, kuni kecha rumin klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdik".
Qayd etib o‘tish kerakki, "Dasht bo‘rilari" kecha Turkiyada tashkil etilgan o‘quv-mpshg‘ulotlari doirasida Ruminiyaning "Voluntari"jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishib, 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi.
P.S. Tez orada Sports.uz saytida Viktor Kumikov bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar